Garbin Mugurusa Torontoga bormaydi

  • 1 avgust, 2019, 10:18
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa Kanadaning Toronto shahrida o‘tadigan "Premer" musobaqasida ishtirok etmasligi haqida e’lon berdi.

Garbin bunday qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani haqida to‘xtalib o‘tmagan. U ayni damda San-Xose shahrida o‘tayotgan "Mubadala Silicon Valley Classic" musobaqasini ham o‘tkazib yuborgan. Bunga sabab esa oyog‘idan olgan jarohati bo‘lgan edi.

Toronto "Premer"asi tashkilotchilari kanadalik Ejeni Bushar va Leyla Anne Fernandesga asosiy to‘r bahslarida ishtirok etish huquqini beruvchi "wild card"ni taqdim etishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!