
Garet Sautgeyt angliyalik futbolchilardan mamnun
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sloveniyaga qarshi bahsdan so‘ng jamoaning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Biz ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik. Futbolchilar bilan faxrlanaman. Ular o‘yindan-o‘yinga o‘sib borishmoqda. Kecha futbolchilarim juda qiyin muhitda o‘ynashganini ham aytib o‘tishimiz kerak. Bu xuddi Angliya terma jamoasida o‘ynagan paytlarimga o‘xshaydi.
Futbolchilar ikkinchi bo‘limni nazorat qilishdi va bir nechta ajoyib vaziyatlarni yaratishdi. Afsuski, biz ulardan foydalana olmadik. Ochig‘i, oldingi o‘yinga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik.
Guruhda 1-o‘rinni egallaganimiz yaxshi. Bu bizga keyingi bosqichda osonroq raqib tushishini ta’minlaydi", - deya fikr bildirdi inglizlar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, "uch sherlar" nimchorak finalni 30 iyun kuni guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan jamoalardan biriga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar