
Gattuzoning "Napoli"dagi o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Luchano Spalletti tez orada "Napoli" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 62 yoshli mutaxassis neapolliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Spalletti bu borada Jennaro Gattuzoning o‘rnini egallaydi. O‘z navbatida Gattuzo "Fiorentina"ga yo‘l oladi.
Spallettining so‘nggi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo‘lgan. U “neradzurrilar” safidan 2019 yilning mayida iste’foga chiqarilgan. Tajribali mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Empoli", "Sampdoriya", "Udineze", "Zenit" va "Roma" klublarini boshqargan.
"Napoli" o‘tgan mavsum A Seriyada 5-o‘rinni egalladi va Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar