Gavi bitta goli evaziga jahon futboli tarixida o‘z nomini qoldirdi

  • 24 noyabr, 2022, 16:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 noyabr kuni Al-Tumama shahrida Ispaniya va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2022 guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ispanlarning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

"Qizil furiya" tarkibidagi gollardan birining muallifi "Barselona" yarim himoyachisi Gavi bo‘ldi.

"Opta" nashri xabariga ko‘ra, Gavi bu ishni 18 yosh-u 110 kunligida amalga oshirdi. 1958 yilda Pele 17 yosh-u 249 kunligida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan edi. "Barsa" yarim himoyachisi esa braziliyalik hujumchidan keyin jahon chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!