Genduzi Mbappe haqida: "U o‘zi xohlaganini qiladi"

  • 12 oktabr, 2024, 21:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining yarim himoyachisi Matteo Genduzi hujumchi Kilian Mbappening xatti-harakati haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Biz u bilan gaplashdik. U hali tayyor emas. Mbappe o‘z mamlakatini sevadi va bizga yordam berishda davom etadi. Bu haqda juda ko‘p gapirishimiz xato. U ham yashashi kerak. Bu uning hayoti, xohlagan ishini qiladi, - dedi Genduzi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalarida Frantsiya terma jamoasining Isroilga qarshi o‘yin (4:1) paytida 25 yoshli futbolchi Shvetsiyadagi tungi klubda bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Bungacha u jarohatidan tuzalib ketishi uchun Deshamdan terma jamoaga chaqirilmasligini so‘ragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!