Giggz Vetnamda ishlaydi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz endi Vetnamda ishlaydi.

43 yoshli sobiq futbolchi bu erda o‘smirlar futbol maktabida direktori vazifasida faoliyat olib  boradi.

Giggz futbolchi va murabbiylar bilan ishlashi,  akademiyaning kengayishi va rivojlanishi borasida ish olib  borishi lozim.

U o‘z xizmat doirasida yiliga ikki marta Osiyoga kelishi va akademiyani ko‘zdan kechirishi lozim. Bu borada uelslik  mutaxassisga MYuning yana bir sobiq futbolchisi – Pol Skoulz yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!