Gol urgan Husanovning o‘yini nechchi ballga loyiq ko‘rildi?

  • 8 fevral, 19:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogi 4-turidan o‘rin olgan "Leyton Orient"-"Manchester Siti" uchrashuvi 1:2 hisobida o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

Mazkur bahsni 2-taymida maydonga tushib, o‘zining debyut golini urgan Abduqodir Husanovning o‘yini mashxur analitik dasturlar tomonidan yuqori baholandi. Legionerimiz, "SofaScore"dan 7.8, "FlashScore"dan 7.9, "FutMob"dan 7.6  va "WhoScored?" tomonidan 7.7 ballga loyiq ko‘rildi.

Shunday qilib, 20 yoshli himoyachimiz faoliyatidagi gollari sonini 5taga etkazdi. Husanov oxirgi marta 2023 yilda "Energetik BGU" safida gol urgandi.

"Manchester Siti"ning navbatdagi uchrashuvi Chempionlar ligasi doirasida 12-fevral "Real Madrid"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
08/02/2025 19:43
Олгааааа Хусанов.
Mannonov Dilshod
08/02/2025 21:00
Яхши. Анча рухий хотиржамликка эришибди.
Is'hoqjon Ro'ziyev
08/02/2025 19:48
5,7 dan yaxshi o'sish