
Go‘zal Ismatova finalda!
Vetnamda boks bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida vazni 81 kilogrammdan yuqori bo‘lgan Go‘zal Ismatova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chempionatning yarim finalda umidli bokschimiz Go‘zal Ismatova hindistonlik Sima Puniyaga qarshi jang o‘tkazdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvda Go‘zal raqibini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, bokschilarimizdan Yodgoroy Mirzaeva hamda E’zozaxon Melieva o‘z vazn toifalirda yarim finalga qadar o‘tgan bahslarda barcha raqiblarini engib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar