
Go‘zal tennischi Messini tanladi
Belaruslik mashhur tennischi Viktoriya Azarenka ayni paytda farzandli bo‘lgani munosabati bilan kortdan tashqarida bo‘lsa-da, muxlislari bilan muloqot qilishda davom etmoqda.
Yaqinda go‘zal tennischi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga o‘ziga xos tarzda javob berdi.
- Messi va Ronaldu har ikkisi ham zo‘r futbolchilar, - deydi Viktoriya Azarenka. - Lekin men Messini tanlayman.
Azarenka Leo Messining ashaddiy muxlisi ekani o‘g‘liga ism qo‘yishda ham o‘z isbotini topdi. Viktoriya o‘g‘liga Leo Aleksandr deb ism qo‘ydi.
Azarenka yil boshida Brisben, Indian-Uells va Mayami turnirilarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Faoliyati davomida esa jami 20 ta sovringa ega chiqqan.
Fikrlar