
Grand klub Muhammad Salohni oladigan bo‘ldi
“Liverpul” to‘purari Muhammad Salohning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Uning “qizillar” bilan shartnomasi yozda tugaydi. Hamkorlik hali uzaytirilgani yo‘q.
Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” 32 yoshli hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar Saloh atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Muhammad Salohning o‘zi muhitni o‘zgartishga qarshi emas va “Barselona”ning yangi loyihasi unga ma’qul kelgan.
Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” safida to‘p tepyapti. Uni Saudiya Arabistoni klublari ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Shayxlar mashhur o‘yinchini Professional ligada eng katta maosh oladigan futbolchiga aylantirishga tayyorligini ta’kidlab keladi.
Fikrlar