Gravenberx: "Eng muhimi — jamoaviylikni saqlash"

  • 1 noyabr, 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx "Aston Villa"ga qarshi o‘yin oldidan jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

Arne Slot shogirdlari Premer-ligada ketma-ket to‘rt mag‘lubiyatga uchradi. Bugun 10-tur doirasidagi uchrashuvda mersisaydliklar Aston Villa bilan kuch sinashadi. To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 01:00’da start oladi.

"Biz yana g‘alaba qozonishni boshlashimiz kerak. Oldimizda juda qiyin o‘yin turibdi, lekin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va umid qilamanki, bu safar zafar quchamiz. Eng muhimi — birdam bo‘lish. Biz jamoaviylikni saqlab, maydonda asosiy narsalarni to‘g‘ri bajarishimiz kerak. Shunda hammasini ko‘ramiz", — dedi Gravenberx jurnalistlar bilan suhbatda.

Hozirda "Liverpul" 15 ochko bilan Angliya Premer-ligasida 7-o‘rinni egallab turibdi. “Aston Villa" ham shuncha ochkoga ega, ammo to‘plar nisbati sabab 8-pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!