
Gretsiyalik muxlislar maydonga tushib Messi bilan istagan ishini qilishdi (foto)
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi kecha bo‘lib o‘tgan “Olimpiakos”ga qarshi bahsda ikki marotaba muxlislar “hujumiga” uchradi.
Ushbu holatlarning dastlabkisi 1-bo‘limda sodir bo‘ldi va unda maydonga yugurib tushgan muxlis argentinalik futbol yulduzini o‘pib oldi.
Ikkinchi vaziyat esa tanaffusdan so‘ng kuzatildi. Ushbu vaziyatda maydonga tushgan ishqiboz xavfsizlik xodimlari kelguniga qadar Messi bilan selfi qilishga ham ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada bo‘lib o‘tgan ushbu bahs yakunda 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Fikrlar