
Grizmann Ukrainadan ochko yo‘qotilishida taktikani aybladi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann "JCh-2022" saralashi doirasida Ukrainaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Balki, bizga ko‘proq hujumkor futbolchilar bilan o‘ynash foyda berardi. Birga-bir vaziyatlarda raqibni aldab o‘ta oladigan futbolchilar bu kabi jipslashgan himoyani engib o‘tishda foyda keltirishi mumkin edi.
Biz o‘z uslubimizda futbol o‘ynashga o‘rganganmiz va oldindagi bellashuvlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz.
Bugun ham g‘alabani xohlagandik. Ammo bunga loyiq kuchli o‘yin ko‘rsata olmadik, deb o‘ylayman. Barchasini rivojlantirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deya frantsuz nashlariga intervyu bergan Grizmann.
Fikrlar