Gukesh Olimpiadada nechanchi taxtada o‘ynaydi?
Olimpiadada gʻoliblikka daʼvogar jamoalarning tarkiblari maʼlum boʻldi. Eng katta qiziqish uygʻotgan masala — Jahon chempionligi uchun daʼvogar Gukeshning qaysi taxtada (oʻrinda) oʻynashi edi: Hindistonning birinchi taxtasidami? Ikkinchisidami? Yoki uchinchisidami?
Maʼlum boʻlishicha, Gukeshga eng oxirgi — toʻrtinchi taxta berilgan. Aslida, hindistonliklar oʻz tarkibini qatʼiy ravishda reyting asosida shakllantirishga qaror qilishgan: Praggnanandha, Erigaisi va Sarin, ulardan keyin Gukesh, Vidit esa zahira oʻyinchisi sifatida qayd etilgan.
Biroq, hamma ham reytingga asoslangan yondashuvga amal qilmadi. Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Rustam Qosimjonov Abdusattorovning reytingi Sindarovnikidan biroz pastroq boʻlishiga qaramay, uni birinchi taxtaga qoʻydi. Tarkibning qolgan qismi kutilgan tartibda shakllantirildi: Sindarov, Yaqubboev, Vohidov va Madaminov.
AQSh jamoasi esa Karuana, So, Niman, Aronyan va Liang tarkibini tanladi. Xitoy jamoasi esa quyidagicha taqsimlandi: Din, Vey, Yu, Syu va Kun.

Fikrlar