G‘uzordagi o‘yinga Ermatovning o‘rniga Serazetdinov boradigan bo‘ldi
Kuni-kecha, O‘zbekiston professional futbol ligasi oliy liganing 24-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, “Sho‘rtan”ning “Buxoro”ga qarshi uchrashuvini boshqarish FIFA hakami Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatilgan edi. Ammo, 10 oktyabr kuni Sidneyda bo‘lib o‘tgan “Avstraliya” hamda “Suriya” terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvini boshqargan Ermatov jarohat oldi. Shu sabali, “Sho‘rtan” – “Buxoro” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlangan Ravshan Ermatov o‘rniga 24-tur doirasidan o‘rin olgan bahsini boshqarish Viktor Serazetdinovga topshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avstraliya – Suriya o‘yinining qo‘shimcha taymlarida Ravshan Ermatov nega o‘z o‘rnini Ilgiz Tantashevga bo‘shatib bergandi?
Shunday qilib, G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etadigan hakamlar guruhining qolgan a’zolari bilan tanishishingiz mumkin.
Oliy liga. 24-tur. 14.10.2017 yil.
«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Buxoro» (Buxoro)
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkalasi ham Toshkent shahridan)
Zahira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Sardor Nadjafaliev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Roman Chernikov
Esaltib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni, G‘uzor “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan “Sho‘rtan” – “Buxoro” uchrashuviga soat 16:45 da start beriladi.



Fikrlar