Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy raqobatchisi va bir necha futbolchilarining holati haqida batafsil gapirdi (matbuot anjumani)

  • 9 may, 18:53
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa holati, Niko O‘'Raylining rivoji, chempionlik poygasi va boshqa muhim mavzular haqida jonli matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi:

Tecno

O‘'Raylining "Vulverxempton"ga qarshi almashtirilishi haqida:

"U juda ko‘p daqiqalar o‘ynadi. Ba’zi futbolchilar ajoyib o‘ynab ham keyingi bahsda ishtirok etmaydi. Ba’zilar unchalik yaxshi o‘ynamaydi, lekin maydonga tushishda davom etadi. Bu jazo emas — har bir o‘yin tahlil qilinadi. O‘yin o‘tdi — o‘rgandik va keyingiga tayyorlanamiz. Ayniqsa yoshlar jamoaga muntazam ta’sir ko‘rsata boshlasa, juda yaxshi".

Jose Sa of Wolverhampton Wanderers saves Nico O'Reilly of Manchester City's shot at goal during the Premier League match between Manchester City FC...
 

O‘'Raylining jamoadagi roli:

"Albatta, usiz bu natijalarni tasavvur qilish qiyin. U biz uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi". 

Uning yarim himoyadagi o‘rni:

"Albatta, u bu pozitsiyada o‘ynay oladi. Ertaga? Ko‘rasiz..."

Kevin De Bryuyne boshqa APL klubiga o‘tishi haqida:

"Bilmayman. Men Kevin va uning oilasi uchun faqat yaxshilik tilayman".

Kevin De Bruyne of Manchester City during the Premier League match between Manchester City FC and Wolverhampton Wanderers FC at Etihad Stadium on May...
 

APLda to‘rtlik uchun kurash va jamoa maqsadi:

"6-7 jamoa Chempionlar ligasiga chiqish uchun imkoniyatga ega. Biz har uchta o‘yinda g‘alaba qozonsak, maqsadga etamiz. Hammasi o‘z qo‘limizda".

APLda ikkinchi o‘rin va Kubok g‘alabasi mavsumni yaxshi deb baholashga arziydimi?

"Kechirasiz, bu haqida o‘ylamayapman. Hozirgi fikrim — faqat "Sautgempton". Kun davomida soatlab ular haqida o‘ylayapman".

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, looks on after the team's victory during the Emirates FA Cup Semi Final match between Nottingham Forest...

Xabi Alonsoning "Bayer"dagi ta’siri:

"Ajoyib. Uni futbolchi sifatida taniydigan barcha odamlar undan kelajakda yaxshi murabbiy chiqishini bilardi. Germaniyada "Bavariya"ga qarshi kurash olib borish — o‘zi katta ish. U o‘tgan mavsumda faqat EL finalida yutilib, qolgan barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmadi. Ular qanday o‘ynaydi, futbolchilarni qanday rivojlantirdi — Leverkuzen bunday hamkorlikdan faxrlanishi mumkin".

Headcoach Xabi Alonso of Leverkusen reacts during a press conference at BayArena on May 9, 2025 in Leverkusen, Germany.
 

Erling Xolandning jamoada "ochlik" etishmayotgani haqidagi so‘zlari:

"Agar Erling shunday his qilsa, futbolchilar o‘zaro gaplashib, sababini aniqlashlari kerak. Biz natijalardan xursandmiz, lekin bu uzoq muddatli barqarorlik bo‘lishi shart".

Erling Haaland of Manchester City smiles during the warm up prior to the Premier League match between Manchester City FC and Wolverhampton Wanderers...
 

Rodrining holati bo‘yicha nimalar deya olasiz?​:

"U hali ham jamoaga tayyor emas".
Rodri of Manchester City prior to the Premier League match between Manchester City FC and Aston Villa FC at Etihad Stadium on April 22, 2025 in...
 

Yaqindagina jarohatdan qaytgan​ Ake va Bobb haqida:

"Natan Ake va Oskar Bobb qisman mashg‘ulotlarga qo‘shildi, lekin hali ham to‘liq tayyor emaslar".

Kovachichning joriy mavsumdagi o‘yini haqida:

"U ajoyib o‘ynayapti. Ayniqsa, Bernardo, Gyundogan yoki Niko bilan yonma-yon o‘ynasa, yuqori darajada harakat qilmoqda".
Mateo Kovacic of Manchester City during the Premier League match between Manchester City FC and Aston Villa FC at Etihad Stadium on April 22, 2025 in...

Jamoaning so‘nggi formasi:

"Mavsumning ikkinchi yarmidagi eng yaxshi natijalar qatorini qayd etdik".

"Sautgempton"ga qarshi o‘yin haqida:

"Hisob 0:0. Bu biz uchun juda muhim o‘yin. Faqat uchta bahs qoldi. Ularga nisbatan katta hurmatdaman" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis. 

Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" 10 may kuni "Sautgempton"ga qarshi kurash olib boradi. Bu bellashuv esa soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
09/05/2025 23:26
Зайнаб
&
Rescara
09/05/2025 23:17
Хамма гапга Хусановни тиквурмаларинг. Булди энди