
Gvardiola Edersonni "Siti"dan ketishi haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola darvozabon Edersonning klubni tark etishi haqidagi savolga javob berdi. Braziliyalik futbolchi Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga (0:4) qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
"Men har doim agar futbolchi ketishni istasa, u ketishi kerak degan pozitsiyada bo‘lganman - lekin klub shartlari asosida. Agar u jamoa safida o‘zini baxtiyor his qilmasa, bu erda qolishdan ma’no yo‘q. "Barselona"da ishlaganimdan beri shunday hisoblayman", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Avvalroq OAVda Edersonga "Galatasaroy" klubi faol qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Darvozabon "shaharliklar" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar