
Gvardiola g‘alaba qozonish sirini ochdi
“Manchester Siti” ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo‘l ostida olti marotaba Angliya chempionligiga sazovor bo‘ldi.
O‘tgan mavsum “shaharliklar” ketma-ket to‘rtinchi bor liga g‘olibiga aylandi va uzluksiz chempion bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Xosep Gvardiola o‘zi boshqarayotgan jamoaning raqiblardan asosiy ustunligi nimada ekanini oshkor qildi.
- Boshqa jamoalardan asosiy ustunligimiz shundan iboratki, biz aksariyat futbolchilar bilan to‘qqiz mavsumdan beri birgamiz. Shuning uchun bir birimizda juda yaxshi bilamiz.
Tabiiyki, ayrim xato va kamchiliklar bor, ular ustida ish olib boriladi. Biroq bizning ishtiyoqimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Men uchun bu futbolchilarni shug‘ullantirish katta sharaf. Bu borada omadim chopgan, - dedi Xosep Gvardiola.
Gvardiola ilgari bosh murabbiy sifatida “Barselona” va “Bavariya” bilan ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan. 53 yoshli mutaxassis “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Fikrlar