
Gvardiola: "Husanov buyuk futbolchiga aylanishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovning kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yigit kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Unda katta salohiyat bor. Husanov to‘p bilan juda xotirjam harakat qiladi va u juda tezkor. Qaror qabul qilish jarayoni yaxshilanishi kerak, bu esa yoshga bog‘liq masala," – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" o‘zbek futbolchisini Frantsiyaning "Lans" klubidan 50 million evroga sotib olgan edi. 20 yoshli himoyachi Angliya klubi bilan 2029 yilning o‘rtasigacha shartnoma imzolagan.
Fikrlar