Gvardiola Jahon chempionatiga chiqa olmagan jamoani boshqarishi mumkin

  • 24.04.2026 18:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

"The Touchline" nashrining "La Gazzetta dello Sport" manbasiga tayanib xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis "skuadra adzurra" bosh murabbiyligiga rozilik bildirishi mumkin.

Avvalroq Gvardiola faoliyatining ma'lum bosqichida milliy jamoa bilan ishlashni istashini aytgandi. Shu bois Italiya varianti ehtimoldan xoli emas.

Ayni paytda murabbiyning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027 yil o'rtasiga qadar amal qiladi. Biroq matbuotda u yozda, klubda to'liq o'n mavsum ishlab, ketishi mumkinligi haqida xabarlar ham paydo bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng Jennaro Gattuzo bosh murabbiylik lavozimini tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!