Gvardiola jamoasi raqibni qanday yanchib tashlaganini aytdi
Angliya Prmyer-ligasining 32-turida “Manchester Siti” Londonda o‘tkazilgan uchrashuvda “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yana chempionlik poygasiga qaytdi.
Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola shogirdlarining g‘alabasiga munosabat bildirdi.
- Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik. Birinchi bo‘lim yomon emasdi, lekin rejadagidek o‘ynamagan edik.
Chap qanot orqali hujumlar bo‘ldi, o‘ng qanotda esa xavf deyarli bo‘lmadi. Jeremi Doku o‘ng qanotda juda kuchli hujumchi.
Rayan Sherki ba'zida Donnarummaga juda yaqin o‘ynadi. Bunday iste'dodni hujumning oxirgi qismida ishlatish kerak, ya'ni Xoland va qanot o‘yinchilari yaqinida. Biz unga to‘p yetkazib beramiz.
U juda yosh va APLda birinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U allaqachon iqtidorini namoyish etib bo‘lgan, lekin yanada yaxshiroq bo‘lishni istaydi.
Chempionlar ligasisiz biz sergakroqmiz. Hamma o‘z vazifasini biladi. Oxirgi uch o‘yinda Chempionlar ligasida qatnashadigan darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynadik.
Har doim ideal bo‘lmasak-da, ishonchli harakat qildik va o‘zimiz xavf yaratdik, - dedi Xosep Gvardiola.
Hozirda “Manchester Siti” 64 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa ikkita o‘yin kam o‘tkazgan holda peshqadam “Arsenal”dan olti ochkoga ortda qolyapti.
Fikrlar