Gvardiola jamoasi yanvarda ikkita supertransferni amalga oshiradi

  • 6 noyabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati yaqinlashib kelayotgan transferlar mavsumida Germaniya terma jamoasining ikki futbolchisini birdaniga transfer qilishga urinib ko‘radi.

“Shaharliklar”ning bunday kutilmagan qarorga kelishiga jamoa jarohatlanganlarning ko‘payib ketgani va bu natijaga ta’sir qilayotgani sabab bo‘ldi.

Manbalarning ta’kidlashicha, klub rahbariyati nishondagi futbolchilar orasidan ikki nafarini ajratib olgan. Yanvarga mo‘ljallanayotgan transfer nishonlari “Bayer” etakchisi Florian Virts va “Bavariya” yulduzi Jamol Musiala hisoblanadi.

21 yoshli Virts “Bayer” safida jami 167 ta uchrashuvda ishtirok etib, 48 ta gol va 51 ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Uning tengdoshi Musiala myunxenliklar tarkibida 175 marotaba maydonga tushgan va bu o‘yinlarda 50 ta gol va 35 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!