
Gvardiola kelasi mavsumni boshqa ligada boshlashi mumkin
Kelasi mavsum oldidan “Malan” jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bo‘lishi mumkin. Bu haqda birdaniga ikkita nufuzli manba – Corriere della Sera hamda La Gazzetta dello Sport nashrlari xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar klub sport direktorligiga Fabio Paratichini taklif etmoqchi. Bu mutaxassis “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan juda yaxshi aloqaga ega va uning tanloviga ta’sir o‘tkaza oladi.
Ayni paytda “Milan” rahbariyati Fabio Paratichi bilan kelasi mavsumdan boshlab hamkorlik qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Italiya klubi faqatgina Gvardiolaga qarab qolgan emas. Ular hozir Frantsiya chempionatida “Marsel”ni boshqarayotgan asli italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbini ham nishonda ushlab turibdi.
“Milan” keyingi paytda kuchli bosh murabbiyga ehtiyoj sezmoqda. O‘tgan yoz klubni Stefano Pioli tark etgan edi. O‘rniga portugaliyalik Paulu Fonseka taklif etildi. Biroq u ishni uddalay olmadi va 2024 yilning 30 dekabr kuni o‘rnini hamyurti Serjiu Konseysauga bo‘shatib berdi. Konseysau ham jamoada uzoq ushlanib qolmaydigan bo‘lyapti.
Fikrlar