
Gvardiola Kevin de Bryuyne o‘rniga zo‘r futbolchi topib qo‘ydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibni yangilashda davom etadi. Ispaniyalik mutaxassis yoshi o‘tib qolayotgan asosiy yulduzlar o‘rniga yosh iste’dod egalarini olib kelishni maqsad qilgan.
TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 33 yoshli Kevin de Bryuyne bilan xayrlashishga tayyor. Belgiyalik futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.
Kevin de Bryuyne kelajagi borasida fikrini o‘zgartirib, jamoada qolishga qaror qilgan va klubdan taklif kutyapti.
Bu tomonda mutasaddilar unga o‘rinbosar topib qo‘ydi. Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola boshqa belgiyalik o‘yinchi Sharl de Ketelareni nishonga oldi.
“Atalanta”da o‘ynayotgan futbolchi “Manchester Siti” darajasidagi klubda o‘ynab keta olishi uchun etarlicha mahoratga ega ekani aytilyapti.
Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 38 million evroga baholamoqda. Manchesterliklar mavsum yakunlanishi bilan bu yarim himoyachini olish bo‘yicha ish boshlaydi.
Fikrlar