Gvardiola Kevin de Bryuyne raqib jamoaga o‘tishiga munosabat bildirdi

  • 10 may, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning oxirgi o‘n yildagi muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynagan Kevin de Bryuyne mavsum yakulanishi bilan klubni tark etadi.

Tecno

Kelasi oy 34 yoshni qarshi oladigan belgiyalik pleymeykerga qator ligalarda jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Kevinni o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotganlar orasida Angliya Premer-ligasining “Arsenal”, “Liverpul”, “Vest Xem”, “Aston Villa” kabi klublari ham bor.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardioda shogirdining raqib jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

-  Bu haqda hech qanday ma’lumotim yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham Kevinning o‘ziga va oilasida barcha yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. Ha, eng yaxshi tilaklarimni, - dedi Xosep Gvardiola.

Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ga 2015 yili – Xosep Gvardioladan bir yil muqaddam kelgan. Hozirgacha bu o‘yinchi “shaharliklar” jamoasida 418 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 108 ta gol va 177 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!