Gvardiola "Manchester Siti"dan ketsa, uning o‘rnini kim egallaydi?
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola yozda jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu mavsum Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi ehtimoli ortmoqda. Yakuniy qaror mavsum oxiriga yaqin qabul qilinishi mumkin. "Manchester Siti" bunday natija haqiqatga aylanishi uchun rejalar tuzmoqda.
54 yoshli Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.



Fikrlar