Gvardiola "Real" futbolchilarini qanday to‘xtatmoqchi ekanini aytdi

  • 10 fevral, 19:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Real Madrid"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis "qirollik klubi" hujumchilarini qayday to‘xtatmoqchi ekanini aytib o‘tdi.

"Real" futbolchilarini ikkala o‘yinda ham to‘liq nazorat qilishning iloji yo‘q. Ularning hammasi juda kuchli o‘yinchilar.  Ularni to‘xtatishni va erkin harakatlanishlariga yo‘l qo‘ymaslikni bilishimiz lozim. Biz o‘yinni o‘qiy olishimiz va qanday o‘ynash kerakligini aniq tushunishimiz kerak", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, pley-off bosqichidan o‘rin olgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12-fevral 01:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!