Gvardiola "Real" yulduzining transferini talab qilmoqda

  • 12 avgust, 15:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Real"ning braziliyalik hujumchisi Rodrigoni sotib olishi mumkin. Bu haqida mashxur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rodrigo iste’dodining ashaddiy muxlisi hisoblanadi, shu sababli ispaniyalik mutaxassis futbolchining transferini talab qilmoqda. Romanoning xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" "Tottenxem" qiziqish bildirayotgan Savio ketadigan bo‘lsa, Rodrigoni sotib olish variantini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyor.

2024/25-yilgi mavsumda Rodrigo 54 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

"Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalikning narxi 90 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!