Gvardiola shogirdini Turinga jo‘natishi kerak

  • 13 iyun, 2021, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” yozda Krishtianu Ronalduni ketkazib, o‘rniga boshqa hujumchi olmoqchi. Turinliklar “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezusni nishonga olgani aytilmoqda.

24 yoshli braziliyalik hujumchining “shaharliklar” bilan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi. Biroq, Jezus bir necha yil davomida asosiy hujumchi darajasiga ko‘tarila olmadi. Yakunlangan mavsumda ham barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi xolos.

Gvardiola jamoaning oldingi chizig‘ida Harri Keynni o‘ynatmoqchi va uni olishga harakat qilmoqda.

Gabriel Jezus esa, kelasi mavsum ham ko‘p gol ura olishiga ishonch yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!