
Gvardiola: “Siti”dagi davrim tugadimi? Ha!
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichida ikkita uchrashuvda ham “Real”ga boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin kelajagi haqidagi qaltis savollarga ham javob berishiga to‘g‘ri kelmoqda.
- Mening davrim tugadimi? Qaysidir ma’noda shunday. Hech narsa abadiy emas. Biz etti yil ichida olti marotaba Angliya chempionatida g‘olib chiqdik, har yili Chempionlar ligasining chorak final, yarim final va finallarida o‘ynab kelamiz.
Hali ishlash uchun kuchimiz etarli darajada. Meni to‘xtash niyatim yo‘q.
Voqelikni boricha qabul qilish kerak. Haqiqat shuki, “Real” hozir bizdan kuchli. Bariga javob shu. O‘tgan mavsum biz juda zo‘r o‘ynagandik, bu yil unday emas. Men har doim kim munosib bo‘lsa, o‘sha yutishi kerak, deb hisoblaganman.
Ba’zan jamoalar ishonchni oqlamagan holda, keyingi bosqichga o‘tadi. Bunga tan berish kerak xolos, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar