
Gvardiola Stounz jarohatining jiddiyligini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Jon Stounzning holati haqida gapirdi.
- Stounz jarohat oldi. Yaqin soatlar yoki kunlar ichida unga jarrohlik amaliyoti bo‘yicha yakuniy qarorni bilib olamiz. U Akanji kabi uzoq vaqt mobaynida sheriklariga yordam bera olmaydi, - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Himoyachisi Chempionlar ligasining "Real"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Gvardiola himoyachi Manuel Akanjining taxminan 8-10 hafta davomida jamoaga yordam bera olmasligini aytgandi.
Fikrlar