Gvardiola UEFA Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng APLga "rahmat" aytdi

  • 17 avgust, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sevilya"ga qarshi kechgan UEFA Superkubogida g‘alabadan so‘ng (asosiy vaqtda 1:1, penaltilar bo‘yicha 5:4) APLni tanqid qildi.

Tecno

“Ertaga biz bugungidan ham baxtliroq bo‘lamiz. Biroq, bizga bir tomchi ham spirtli ichimliklar ruxsat etilmaydi. Biz imkon qadar tezroq tiklanishimiz kerak. O‘yinimizni yakshanba yoki dushanba kuni emas, shanba kuni o‘tkazgani uchun Premer-ligaga katta rahmat. Katta rahmat", — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Manchester Evening News..

Eslatib o‘tamiz, 19 avgust kuni “Manchester Siti” APL doirasida “Nyukasl”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!