
Gvardiola Xoland bilan urishib qolgani sababini aytdi
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining birinchi turida “Byornli” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Xoland ilk o‘yinda dubl qayd etdi va yana bir gol Rodri hisobiga yozildi.
Uchrashuv davomida “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va Erling Xoland o‘rtasida dahanaki jang bo‘ldi.
Bellashuvdan keyin ispaniyalik murabbiy bu holatga izoh berdi.
- Biz Xoland bilan to‘g‘richiziq bo‘ylab o‘ynashimiz kerak edi. Lekin bunga faqatgina ikkinchi bo‘limda erishdik. U har bir daqiqaga unga pas berishlarini, to‘p unda bo‘lishini talab qilyapti.
Xoland menga “To‘pni menga ortimdan uzatishsin, birga bir vaziyatga chiqarishsin, gol uraman”, dedi. Lekin taym yakunlanishiga ikki-uch daqiqa qolganida bunday qilish yaramaydi.
Kovachich va Rodri Xolandning talabini bajarishga kirishib, xatoga yo‘l qo‘ydi. Bernardu Silva Erlingga to‘p uzatmay to‘g‘ri qildi.
Lekin bular muammo emas. Xoland baribir ikkita gol urdi va o‘zi bundan xursand, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar