Gvardiola xursandligini yashirolmadi
Angliya Premer-ligasidagi bosh sovrin uchun kurashini maqsad qiligan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining keyingi paytdagi holatidan mamnun ekanini ta’kidladi.
- Menga eng ko‘p yoqayotgan narsa jamoamning kuchayib borayotganidir. Bu jarayonni kuzatib borishni juda yoqtiraman.
Undan ham quvonarlisi, biz bundan ham kuchaya olish imkoniga ega ekanimizdir. Bu murabbiy sifatida meni ilhomlantiryapti. Biz yana avvalgidek intensiv va yuqori tempda o‘ynayapmiz. O‘zimizga ishonchimiz ortdi va barqarorlikni saqlab turibmiz.
Ammo bor salohiyatimizni ishga solganimiz yo‘q va bu ajoyib holat, - dedi Xosep Gvardiola.



Fikrlar