Gvardiola zich taqvimdan qattiq norozi

  • 31.03.2024 17:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning taqvimidan norozi. 

Murabbiydan De Bryuynening jarohati zich taqvim tufayli vujudga kelgan charchoq tufaylimi, deb so‘rashdi. 

"Men bunday savollarni bermayman. Sababi, har kimning o‘z ishi va qarori bor. Faqat bir narsani bilmoqchiman. Nima sababdan biz doim yakshanba kuni emas, shanba kuni o‘ynaymiz. 

Men futbolchilarga ikki-uch kunlik ta’til berganimda buning foydasini yaxshi his qilaman. Ular yaxshi kayfiyatda qaytib kelishadi. "Aston Villa"ga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Uch kunlik tiklanish, asosiy tarkib va biz yana futbol o‘ynaymiz"
, - dedi Gvardiola. 

Qayd etish lozim, "Manchester Siti" - "Aston Villa" bahsi 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!