
Gvardiola zo‘r darvozabon topdi
Yozgi transferlar davrida “Manchester Siti” tarkibida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kuttilmoqda.
Xosep Gvardiola jamoaga yaxshi darvozabon qidirmoqda. Asosiy golkiper Ederson Saudiya Arabistoniga ketib, pul ishlab olmoqchi.
The Sun nashrining yozishicha, “shaharliklar” braziliyalik posbon o‘rniga boshqa nomzod topib qo‘ygan. Agar Ederson ketadigan bo‘lsa, “Siti” mutasaddilari “Milan” darvozaboni Mayk Menyanni olib kelishga harakat qiladi.
28 yoshli Menyanning milanliklar bilan kelishuvi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Lekin uning transferini 40 million evroga hal qilish mumkin.
Fikrlar