
Gvardiolaga boshqa bir "Siti"dan yangi ish chiqdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining tark etishi mumkin. Bu haqda The Real Tolmie's Hairdoo nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis AQSh chempionatida ishtirok etayotgan “Nyu-York Siti” klubidan jiddiy taklif oldi.
“Manchester Siti”ni Angliyaning keyingi yillardagi eng kuchli jamoasiga aylantira olgan Xosep Gvardiolaning klub bilan hamkorlik shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Tomonlar hali yangi bitim tuzgani yo‘q.
“Nyu-York Siti” shu vaziyatdan foydalanib, Pepni AQShga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
Gvardiola “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa olti marotaba Angliya chempioni bo‘ldi. Eng ahamiyatlisi, “Manchester Siti” aynan Xosep Gvardiola davrida o‘z tarixida ilk bor Evropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.
Fikrlar
GVARDIOLANI TARIXINI URGAN NECHA MARTA YUTGANAKAN CHL NI