
Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan yulduz o‘z vataniga qaytishi mumkin
Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"ni joriy transferlar oynasida tark etishi mumkin.
"Fotbollskanalen.se" nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchida Germaniya chempionatida o‘ynash imkoniyati mavjud. Gyundogan faoliyatini Erik ten Xag boshchiligidagi "Bayer Leverkuzen" klubida davom ettirishi mumkin. Ilkayning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Avvalroq, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga 34 yoshli futbolchining maydonda keragi yo‘qligi ma’lum bo‘lgandi.
Gyundoganning "Transfermarkt" portalidagi narxi besh million evroga baholanmoqda.
Fikrlar