Gvozdik: "Bivol - zo‘r jangchi, lekin uni ortiqcha baholaydilar"

  • 8 fevral, 2024, 13:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Aleksandr Gvozdik hozirgi WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Bivol ajoyib jangchi, lekin shaxsan men unga ortiqcha baho berilgan deb o‘ylayman. Meni noto‘g‘ri tushunmang, u yaxshi, ehtimol u divizionning eng yaxshilaridan biri, lekin odamlar uni engib bo‘lmas deb hisoblashadi. Menimcha, Beterbiev ham shunday deb o‘ylamaydi. Bivolni tez orada juda qiyin jang kutadi”,- dedi ukrainalik.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomi doirasida Bivol WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev bilan 79,4 kg vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!