Hali beri ketmayman! Chempionlar ligasi finalchisi jamoada qolmoqchi

  • 29 yanvar, 18:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Adeyemi yanvar oyida "Borussiya"ni tark etmasligini ma’lum qildi.

Jurnalist Patrik Bergerning xabar berishicha, hujumchi bu haqda unga qiziqish bildirayotgan klublarga aytgan. "Napoli" Adeyemi uchun 52,5 million evro to‘lashga tayyor edi. Sababi, klub futbolchini PSJga o‘tgan Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘rnini bosa oladigan yagona futbolchi deb hisoblamoqda.

Tecno

Ta’kidlanishicha, Adeyemiga bo‘lgan qiziqish yozda, ayniqsa "Chelsi" tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, vinger joriy mavsumda Bundesliganing 10 ta o‘yinida 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!