
Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ni dahshatli o‘yin kutayotganini, "Paxtakor" bilan "Nasaf" esa yutishi aniq ekanini aytdi. Sababi...
Superliganing 16-tur bahslari 16 avgust kuni boshlanadi. Kurash juda qizg‘in pallasiga kirgan bo‘lib, intriganing harorati xuddi yozning harorati kabi ortib bormoqda.
Faqat bu safar doimgidek 7 ta emas, balki 6 ta juftlik bellashadi. “So‘g‘diyona” – “Neftchi” uchrashuvi 13 sentyabrga qoldirilgan. Bunga sabab shuki, jizzaxliklar 17 avgust kuni OFK Kubogi doirasida Tojikistonda “Xo‘jand”ga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazadi. Shuning evaziga Superligamizning navbatdagi turida 6 ta o‘yin guvohi bo‘lamiz. Bu safar barchamiz uchun ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri Hamidjon Aktamov kimda qanday imkoniyat borligi haqida gapirdi.
16 avgust (seshanba)
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”
- Menimcha, “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” o‘yinida namanganliklar yutsa kerak. Chunki “Navbahor” hozir juda yaxshi kafiyatda va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Har tomonlama, futbolchilarning kayfiyati zo‘r. Omad ham ular tomonida. Nazarimda, 40x60 “Navbahor” foydasiga. Mehmonlar yutsa kerak. Albatta, “Qo‘qon-1912” o‘z uyida o‘ynaydi va u erda ham yaxshi jamoa yig‘ilgan. Maydon egalarini tayyorgarligi yaxshi. “Navbahor”ga oson bo‘lmaydi. Bu – futbol!
“Lokomotiv” – “Bunyodkor”
- “Lokomotiv”ni ham, “Bunyodkor” klubini ham oxirgi o‘yinlarini kuzatib boryapman. Rostini aytsam, ko‘proq “Lokomotiv” jamoasi raqibiga nisbatan jonliroq tuyuldi, menga. Yana bilmadim.
17 avgust (chorshanba)
“Paxtakor” – “Olimpik”
- “Paxtakor” yutadi, bu aniq. Birinchi davrada durang bo‘lgan bo‘lsa, bu safar “Paxtakor” g‘alabaga erishadi. Ikkala jamoani o‘yinlarini ko‘rdim. “Paxtakor” ancha o‘ziga kelib qolgan.
Nasaf” – AGMK
- “Nasaf” klubi g‘alaba qozonadi. Mehmonlarni imkoniyati pastroq. Nega deganda, oxirgi paytlarda AGMK jamoasida barqarorlik yo‘q. “Nasaf”da ham shunday bo‘lgandi, ammo ular o‘zini o‘nglab oldi. Shuning uchun nazarimda qarshiliklar o‘z maydonida yutadi. Muxlislari oldida o‘ynaydi, mezbonlarda imkoniyat ko‘proq.
18 avgust (payshanba)
“Surxon” – “Metallurg”
- Bu to‘qnashuvda menimcha durang bo‘lsa kerak. Sababi, ikkala jamoa ham yaxshi. G‘alaba uchun kurashadi. Ammo uchrashuv Toshkentda bo‘ladi. Balki shuning evaziga “Metallurg”da imkoniyat biroz ko‘proq bo‘lishi tabiiy.
“Qizilqum” – “Dinamo”
- Bu ikkala jamoa menga juda tanish. Har ikkisi yaxshi shakllangan. Buning ustiga “Dinamo” tarkibini kuchaytirib oldi. Imkoniyatlar 50x50. Bu juftlikda bir nima deya olmayman. “Dinamo” safarda o‘ynaydi. “Qizilqum” esa o‘z uyida to‘p surishi evaziga ularda ozgina ustunlik bor. “Dinamo” jon saqlab qolish uchun kurashyapti va shunga yarasha o‘yin ko‘rsatadi. Ikkinchi davrada tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgan. Bosh murabbiy ham o‘zgardi. Eng chiroyli, shiddatli va dahshatli o‘yin bo‘ladi. Ko‘ramiz, oldindan kimnidir yutadi, deb aniq ayta olmayman.
Fikrlar