
Hamyurtimiz "Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi" deb topildi!
Iordaniyada start olgan Osiyo chempionati bugun o‘z yakuniga etdi. Kun davomida U-17 terma jamoamiz final bahslarini o‘tkazdi. Qit’a birinchiligida vakillarimiz 8 ta oltin, 7 kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Quvonarlisi, - 60 kg da oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Rushanabonu Isoeva "Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi” deb topildi.
Ma’lumot uchun, finalda Rushanabonu hindistonlik Simranjet Kaurni qiyinchiliksiz - 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar