
Hamyurtlarimiz Janubiy Koreyada ringa ko‘tariladi
29 iyun kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechaning markaziy jangi qizlar o‘rtasida ya’ni mezbon Xun Mi Choy yaponiyalik Vakako Fujivara o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang WBA jahon chempionlik kamari uchun kechadi. Mazkur boks kechasining biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, unda ikki nafar hamyurtimiz ham ringa ko‘tariladi. Jumladan, avval xabar berib o‘tganimizdek, “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida harakat qilayotgan yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov shogirdi Abdurasul Ismoilov mezbon Kung Vangga qarshi jang olib borsa, yana bir hamyurtimiz tajribali Zufar Sulaymonov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradigan Shohrux Ashurov(2-1-1-0) rossiyalik Mixail Lesnikovga (6-3-3-0) qarshi ringa ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz: Hamyurtlarimiz ishtirokidagi har ikki jang ham olti raunddan iborat bo‘ladi.
Fikrlar