Haqimni beringlar! Aguero “Barsa”ni sudga berdi

  • 9 oktabr, 2024, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero Kataloniya klubini sudga berib, bir necha yil avval “Barsa” qarz bo‘lib qolgan 3 million evro miqdoridagi maoshini talab qilmoqda.

Tecno

Esingizda bo‘lsa, argentinalik yulduz 2021 yilning yozida “Barselona” safiga qo‘shilgandi. Biroq dekabrda professional faoliyatini tugatishga majbur bo‘lgandi. Bunga uning yuragida nuqson borligi sabab bo‘lgan.

Kasallik tufayli Aguero shartnomani oxirigacha etkaza olmadi. “Barselona” mutasaddilari unga shartnomada ko‘rsatilgan birinchi yilgi maosh sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lanishini ma’lum qildi.  Biroq sug‘urta kompaniyasi Agueroning yuragidagi nuqson bolaligidan bo‘lganini ta’kidlab, unga pul to‘lanmasligini bildirdi.

Agueroning o‘zi esa, “Barselona” unga 3 million evro miqdoridagi maoshni to‘lashga majbur deb hisoblamoqda.

Serxio Kataloniyaga kelganidan keyin klub uchun beshta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!