Hasanboy Do‘smatovning raqiblari nima sababdan o‘zgargan edi?

  • 25 dekabr, 2020, 00:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, biroz avval Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov  professional boksda ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, bu jangda Rossiya nomidan ringga ko‘tarilgan Odiljon Sotqinovni texnik nokaut bilan birinchi raundning o‘zida mag‘lub etdi.

Tecno

Ajablanarlisi, ushbu jangda yurtdoshimizga dastlab, rossiyalik Artyom Tkachenko (5-0, 3 KO) raqiblik qilishi ma’lum bo‘lgandi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, raqib o‘zgarib, yana bir mezbon Pavel Gurchenko (1-0-0) bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq bugungi jangda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Odiljon Sotqinovga qarshi ringga ko‘tarildi.

Biz ushbu voqelikka aniqlik kiritish maqsadida bokschimizning murabbiyi Ziyatdin Tayg‘anboevga murojaat qildik.

“Avvalroq, Afrika qit’asi vakili raqib bo‘lishi kerak edi. Ammo ularda viza bilan bog‘liq muammo yuzaga kelibdi. Keyinroq Tkachenko, undan so‘ng, Pavel Gurchenko bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Gurchenko vazn o‘lchash marosimidan bir kun oldin qovurg‘asini sindirib olibdi. Shu tariqa, bugungi raqibni topishgan”, - dedi Tayg‘anboev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!