Haydalmaguncha, haqiqiy murabbiy bo‘lmaysan!

  • 18 aprel, 2021, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Patrik Vieyra “Nitstsa” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan keyin ustozi Arsen Venger bilan qo‘ng‘iroqlashganida tajribali mutaxassisdan qimmatli maslahat olganini aytib berdi.

Tecno

Telefonda Venger bilan suhbatlashdim. U “Seni ishdan haydashmagunicha, haqiqiy murabbiy bo‘lmaysan”, deb aytdi. Ancha maslahat berdi.

- Murabbiylik sohasini tanlagan odam, qachondir ishdan olishini odatiy hol ekanini anglab etishi kerak. Men ham uzoqroq ishlamoqchi edim, lekin bo‘lar ish bo‘ldi. Bu achchiq tajriba menga kelajakda foyda beradi, - dedi Patrik Vieyra.

Patrik Vieyra futbolchilik faoliyatida Frantsiya, Angliya va Italiya jamoalari sharafini himoya qilgan Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon va Evropa chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!