Here We Go! Entoni Gordon “Barselona”ga oʻtmoqda

  • 27.05.2026 23:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" yarim himoyachisi Entoni Gordon faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, Angliya klubi rahbariyati va saudiyalik egalari kataloniyaliklarning rasmiy taklifini qabul qilgan.

“Barselona” 24 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro va bonuslar to‘laydi. Transferning umumiy qiymati 80 million yevrodan oshishi aytilmoqda.

Gordon shu hafta Ispaniyaga yo‘l olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi shartnoma imzolaydi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsum APLda 26 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!