Here we go! Van de Bek ijaraga berildi

  • 15 dekabr, 2023, 21:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek mavsum so‘nggiga qadar "Aytraxt" klubiga ijaraga berildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Uni nemislar 15 million evroga sotib olish imkoniyatiga ham ega. Tez orada futbolchi Germaniyaga yo‘l oladi va transfer e’lon qilinadi. 

Mavsumni jarohat bilan boshlagan Donni 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijarada o‘ynashga rozi bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!