Himoyachilar yomon ko‘radigan futbolchi rekord o‘rnatdi

  • 7 dekabr, 2020, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Rahim Sterling Angliya premer-ligasida antiqa rekord o‘rnatdi. U ushbu turnir tarixida eng ko‘p penalti ishlagan futbolchiga aylandi.

Raqib jamoalar himoyachilari 20 marta Sterlingni qoidaga xilof ravishda to‘xtatib qolgani uchun o‘z darvozasiga penalti beligilanishiga sabab bo‘lgan.

Rahim Sterling “Liverpul” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 ilda 63,7 million evro evaziga “Siti”ga ko‘chib o‘tgan.

Angliya terma jamoasi a’zosi premer-ligada jami 268 ta o‘yinda maydonga tushib, 89 ta gol urgan va 65 marta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!