Hozir Italiyada undan zo‘ri yo‘q

  • 26 mart, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sassuolo” hujumchisi Domeniko Berardi yozda kuchliroq jamoaga o‘tishi mumkin. 27 yoshli o‘yinchining xizmatlariga “Napoli” qiziqish bildiryapti, deb xabar bermoqda Calciomercato.com nashri.

Tecno

Neapolliklar Berardini jamoa etakchisi Lorentso Insinega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Berardi A Seriyaning eng foydali o‘yinchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda 14 ta gol va 11 ta assist qayd etdi. Bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Berardining “Sassuolo” bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Tajribali hujumchini xarid qilmoqchi bo‘lgan klublar 35 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Berardi Italiya terma jamoasidagi faoliyatini ham davom ettirmoqda.  U o‘tgan yili yozda Roberto Manchini qo‘l ostida Evropa chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!